Salomatlik

Yondosh kasalligi bo‘lgan bemor koronavirusdan uy sharoitida davolanishi mumkinmi?

Mazkur savolga tibbiyot fanlari doktori, professor Ulug‘bek Qayumov javob berdi.

Yondosh kasalligi bo‘lgan bemor koronavirusdan uy sharoitida davolanishi mumkinmi?

— Maʼlumki, yurtimizda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash bo‘yicha 8-versiya standartlari ishlab chiqilgan bo‘lib, bemorlar uy sharoitida ham ana shu standartlarga rioya qilgan holda davolanishlari maqsadga muvofiq, — deydi professor. 

 — Shu maʼnoda aytsak, agar yondosh kasalligi bo‘lgan bemorning tana harorati 38 darajadan oshmasa va isitma ko‘tarilishi surunkali davom etmasa, shuningdek, nafas olishi, yurak urishi bir meʼyorda bo‘lsa, bunday hollarda koronavirusdan uy sharoitida davolanish mumkin bo‘ladi.

Biroq qandli diabetga chalingan bemorning qonida qand miqdorining oshishi yoki tushib ketishi kuzatilsa, ular albatta statsionar sharoitda davolanishi lozim.

Qon bosimi meʼyordan oshib yoki tushib ketganda ham shifoxonaga yotish kerak bo‘ladi.

Agar koronavirusga chalingan bemorning qandli diabet xastaligi bo‘lsa-yu, qonda qand miqdori meʼyorda tursa, bunday kasallar uyda davolanishlari mumkin.

Shuni bilish kerakki, hozirda shifoxonaga og‘ir ahvolda murojaat qilayotganlarning aksariyati uyda o‘zboshimchalik bilan davolangan bemorlardir. Yaʼni, ular kasallikni davolash uchun o‘z vaqtida to‘g‘ri muolaja qilmagan.

Shu bois hamyurtlarimizdan odamlardan turli davo usullarini eshitib, muolaja qilmasliklarini so`rab qolamiz. 

Uy sharoitida davolanganda albatta shifokor nazoratida bo‘lish zarur.

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"