Jamiyat

Daromad past bo‘lganda qanday qilib ipoteka krediti olish mumkin?

Amaliyotda fuqarolarning Ipoteka kreditlari olish uchun daromadi yetmagan holatlar ko‘p uchraydi.

Daromad past bo‘lganda qanday qilib ipoteka krediti olish mumkin?

 

Bunday muammoli vaziyatlarda yaqin qarindoshlarining bir yillik o‘rtacha oylik ish haqi to‘g‘risidagi maʼlumotlarini taqdim etishning o‘zi kifoya qiladi.

 

Yangi tartibga ko‘ra, qarz yuki ko‘rsatkichi 70% dan ortmagan holatda bo‘lishi kerak. Fuqaroning daromadi yetmagan taqdirda bir uyda yashamaydigan yaqin qarindoshlarining ham daromadlarini deklaratsiyaga kiritishi mumkin. Shuningdek, bunday holatlarda bir uyda yashaydigan yaqin qarindoshlarning daromadlari ham inobatga olinadi.

 

Shuni eslatib o‘tish kerakki, ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi mablag‘lari hisobidan tijorat banklaridan ipoteka krediti ajratishda bevosita qarz yuki ko‘rsatkichi 50% dan yuqori bo‘lmasligi lozim.

 

Ipoteka krediti olishda fuqarolarimizning uy xo‘jaligidan daromadlari bo‘lishi mumkin. Bunday holatlarda hududiy soliq organlari tomonidan uy xo‘jaligidagi daromadlar deklaratsiyada taqdim etiladigan bo‘lsa bu ham qo‘shimcha daromad sifatida tijorat banklari tomonidan inobatga olinadi.

 

Maftuna REJABBOYEVA 

Daromad past bo‘lganda qanday qilib ipoteka krediti olish mumkin? | Zamon.uz