Jamiyat

“Endi men ham saylovda qatnasha olaman”

Mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligi arafasida Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida ko‘p yillardan buyon istiqomat qilib kelayotgan bir guruh yurtdoshlarimizga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi berildi.

“Endi men ham saylovda qatnasha olaman”

 

 

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi deb tan olinishi ularga nafaqat konstitutsiyada belgilangan huquq va erkinliklar kafolatini taʼminlaydi, balki ishonch ham bag‘ishlaydi.  Ular orasida Feruz Alizoda ham bor. U ancha yildan beri Sharof Rashidov tumanida yashaydi. Ammo u O‘zbekiston fuqarosi emasdi.

 

— 15 yil deganda men ham O‘zbekiston fuqarosi bo‘ldim, — deydi Feruz Alizoda. — Bundan juda xursandman. Endi men ham, barcha qo‘ni-qo‘shnilarim, do‘stu birodarlarim bilan bir safda Prezident saylovida qatnashib, o‘z fuqarolik burchimni ado etaman.   

 

“Endi men ham saylovda qatnasha olaman” | Zamon.uz