Jizzaxda ortiqcha yuk ortilgan “ZIL” beton to‘siqqa urilib, ag‘darilib ketdi
Jizzax viloyatida belgilangan meʼyoridan ortiqcha yuk ortgan “ZIL” yuk mashinasi ag‘darilib ketdi, deb xabar beradi IIV YHXBB axborot xizmati.


Maʼlum qilinishicha, viloyatning Sharof Rashidov tumani hududidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lida ortiqcha yuk ortilgan yuk mashinasi yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilib, ag‘darilib ketgan.
Sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida avtomobil yo‘lida tirbandlik yuzaga kelgan. Videodan ko‘rish mumkinki, ag‘anab yotgan yuk mashinasi ekskavator yordamida turg‘izilgan.







