Navoiyda 87,3 mln so‘mlik ichimlik suvi quvurlarini o‘marmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga tushdi
Navoiy viloyatining Uchquduq tumanida temir quvurlarni o‘marmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi Departament.


Maʼlum qilinishicha, Departamentning Uchquduq tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda fuqaro O.ning boshqaruvidagi MAN rusumli yuk mashinasida “U.D.” MCHJ rahbari M.A. va boshqalar tuman Obodonlashtirish boshqarmasi balansida bo‘lgan “Shalxar” OFY hududidagi ichimlik suvi tarmog‘idan kesib olingan umumiy qiymati 87,3 million so‘mlik temir quvurlarni hech qanday hujjatlarsiz olib ketayotgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) va 28, 25, 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.







