Jamiyat

Norin tumanida fuqaro hamqishlog‘ini o‘roq bilan jarohatladi

Norin tumanida fuqaro hamqishlog‘ini o‘roq bilan jarohatladi.

Norin tumanida fuqaro hamqishlog‘ini o‘roq bilan jarohatladi

 

20 yoshli fuqaro hamqishlog‘iga o‘roq bilan jarohat yetkazdi. Bu haqda Namangan viloyati IIB xabar berdi.

 

Norin tumanida yashovchi fuqaro B.N. fermer xo‘jaligi dala maydonida o‘t o‘rayotgan vaqtida ekinlarini ko‘rish uchun kelgan, Norin tumanida yashovchi fuqaro A.R. bilan o‘zaro janjallashib qoladi. B.N. qo‘lidagi o‘roq bilan hamqishlog‘ining ko‘krak qafasining orqa chap qismiga bir marotaba urgan. Oqibatda, A.R. tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

 

Mazkur holat bo‘yicha Norin tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Denovda o‘qituvchi o‘z qo‘shnisini do‘pposlagani  hamda Andijonda PPX xodimi fuqaroning qo‘lini sindirgani haqida xabar berilgandi.

 

Norin tumanida fuqaro hamqishlog‘ini o‘roq bilan jarohatladi | Zamon.uz