Jamiyat

Olmaliqda 36 kishi muzqaymoqdan zaharlandi

Olmaliq shahrida muzqaymoqdan ommaviy zaharlanish holati bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu haqda shahar hokimligi Sanitariya va epidemiologiya boshqarmasiga tayangan holda rasmiy maʼlumot berdi.

Olmaliqda 36 kishi muzqaymoqdan zaharlandi

 

 

Qayd etilishicha, Olmaliq shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 36 nafar bemor zaharlanish tashxisi bilan yotqizilgan. 

 

15 avgust holatiga ularning 31 nafariga ahvoli yaxshi bo‘lgani sababli  uyiga ruxsat berilgan. Yana besh nafar bemor davolanishda, ahvoli o‘rtacha ekani aytiladi. 

 

Bundan tashqari, Ohangaron shahar tibbiyot birlashmasiga shu tashxis bilan yotqizilgan 1Z nafar bemor mavjud. Ayni paytda ularning holati o‘rtacha og‘ir, muolajalar davom ettirilmoqda. 

 

“Haqiqatan ham xususiy tadbirkor tomonidan ishlab chiqarilgan muzqaymoq bu vaziyatga sababchi bo‘lgani aniqlangan. Bu tadbirkorlik subyekti Olmaliq shahrida joylashgan. 

Ayni paytda vaziyat yuzasidan amaldagi qonunchilikka muvofiq tegishli xulosalar mutasaddilarga berilgan. Epidemiologik surishtiruvlar davom ettirilmoqda”, deyiladi maʼlumotda.

Olmaliqda 36 kishi muzqaymoqdan zaharlandi | Zamon.uz