Jamiyat

O‘zbekistonda 16-avgust kuni qanday ob-havo bo‘lishi maʼlum qilindi

O‘zbekistonda 16 avgust kuni qanday ob-havo bo‘lishi maʼlum qilindi.

O‘zbekistonda 16-avgust kuni qanday ob-havo bo‘lishi maʼlum qilindi

 

16-avgustda kunduz kuni respublika hududida kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar bermoqda.

 

Xabarga ko‘ra, kunduz kungi harorat 28-33 daraja atrofida saqlanib turadi. Poytaxtda havo kam bulutli bo‘ladi. Havo harorati 31-33 daraja bo‘ladi.

 

Shuningdek, tog‘li hududlarda baʼzi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 18-23 daraja bo‘ladi.

 

Qayd etilishicha, kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar hisobiga respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.

O‘zbekistonda 16-avgust kuni qanday ob-havo bo‘lishi maʼlum qilindi | Zamon.uz