Jahon

Prezidenti o‘ldirilgan mamlakatda zilzila oqibatida bir yarim ming bino quladi

14-avgust. Gaitida zilzila. Dastlab 7.2 magnitudali, kechga borib 5.8 magnitudali yer silkinishlari mamlakatni vayronaga aylantirdi.

Prezidenti o‘ldirilgan mamlakatda zilzila oqibatida bir yarim ming bino quladi

 

Yetkazilgan moddiy zararning aniq summasi hozircha maʼlum emas.

 

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, zilzila oqibatida 1300 ga yaqin inson halok bo‘lgan ,  6 mingdan  ortig‘i jarohatlangan. Gaiti qutqaruv xizmati rahbari Jerri Chandlerning maʼlum qilishicha, shifoxonalar zilziladan jabrlanganlar bilan to‘lib ketgan. 1,5 ming binolar to‘liq vayron bo‘lgan, 5 mingdan ortig‘i turli darajada zarar ko‘rgan.

 

“Hozirda eng muhim masala-bu tibbiy yordam. Biz zilziladan zarar ko‘rgan tashkilotlarga dori vositalari va tibbiyot xodimlarini jo‘natishni boshladik. Yordamga muhtojlarning bir qismi evakuatsiya qilingan, jarayon bugun va ertaga ham davom etadi”,-deb maʼlum qilgan Gaiti bosh vaziri Ariyel Anri.

 

Gaitidagi notinch siyosiy vaziyat tibbiy yordamning o‘z vaqtida yetkazilishiga to‘sqinliq qilayapti. Masalan, poytaxt Port-o-Prens shahridagi Martessan tumani qurolli to‘dalar tomonidan nazorat qilinadi hamda ular shahardan jo‘natilayotgan gumanitar yuklarni yo‘llarda to‘xtatib qo‘ygan. Bosh vazir bu bu holat harbiylar va politsiya tomonidan nazoratga olinishga vaʼda berdi.

 

Jahon hamjamiyati Gaiti masalasiga befarq emas. AQSH prezidenti Jozef Bayden Gaitiga yordam vaʼda qildi. BMTning insonparvarlik masalalari bo‘ymcha kotibi va favqulodda vaziyatlarda yordam tashkiloti koordinatori Martin Griffits  8 million ajratilishini bildirdi. Bu mablag‘ birinchi yordam mahsulotlariga, jumladan suv, tibbiy anjomlar uchun sraflanadi.

 

Maʼlumot o‘rnida, Gaiti 2010 yildagi zilzila asoratlaridan haligacha qutila olmagan. Zilzila oqibatida 200 ming dan ortiq inson halok bo‘lgan edi. Tabiiy ofat yetkazgan zarar 5,6 milliard yevroga teng deb hisoblangan. O‘shanda vayron bo‘lgan binolar, aholi yashash punktlari hali hamon to‘liq tiklangan emas. 

 

Eslatib o‘tamiz, 7 iyul kuni Gaiti Prezidenti Jovenel Moiz 53 yoshida o‘z uyida o‘ldirilgandi. 

 

Jahongir Qo'ziyev

custom img

“Pusan kelishuvi”: AQSH va Xitoy savdo sulhini uzaytirdi

Qaror Donald Tramp va Si Szinpinning Vashingtondagi uchrashuvi arafasida eʼlon qilindi.

custom img

Ukraina so‘nggi oylardagi harakatlari uchun javob beradi — Peskov

Kreml vakili Rossiya qurolli kuchlari Ukrainadagi turli nishonlarga zarba beryotganini maʼlum qildi.

custom img

Kaspiydagi mashg‘ulotlarda harbiylar qutqaruv nimchalarisiz qolgan — To‘qayev

Qozog‘iston prezidenti fojia sabablarini va xavfsizlik choralariga rioya etilishini tekshirishni topshirdi.

custom img

Bir avlod sigareta chekmaydi: 2015-yildan keyin tug‘ilganlarga umrbod tamaki taqiqi taklif qilinmoqda

Shuningdek, 2040-yildan boshlab tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotishni to‘liq to‘xtatish rejalashtirilmoqda.

custom img

Serbiya prezidenti iste’foga chiqdi: Vuchich endi bosh vazirlikka da’vogarlik qiladi

Uning prezidentlik muddati 2027-yilda yakunlanishi kerak edi.

custom img

Hindiston va Nepalda suv toshqinlari: 70 kishi halok bo‘ldi

Nepalning 77 tumanidan 49 tasida suv toshqini xavfi haqida ogohlantirish berilgan.

custom img

Netanyaxudan Erdog‘anga javob: xalqaro sudga murojaat qilishga tayyorlanmoqda

Isroil bosh vaziri Turkiya prezidentiga qarshi Xalqaro jinoyat sudida ish ochish imkoniyatini o‘rganish uchun huquqiy hujjatlar tayyorlashni buyurdi.

custom img

Abu-Dabidagi maxfiy uchrashuv: Netanyaxu BAA prezidenti bilan uchrashdi

Uchrashuv mavzusi va tafsilotlari rasman maʼlum qilinmagan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"