Sport

“Barcelona” qarzi 1,35 milliard yevroga yetgani maʼlum bo‘ldi

“Barcelona” klubi 2020-2021 yillarda 481 million yevro yo‘qotgan. Uning ayni paytdagi moliyaviy holati 451 million yevroni tashkil etadi.

“Barcelona” qarzi 1,35 milliard yevroga yetgani maʼlum bo‘ldi

 

 

Murabbiy shu bois “Barcelona” futbolchilari bilan muzokara olib borish qiyinlashgani, bu holat oxir-oqibat Lionel Messining ketishiga olib kelganini aytdi. Prezident bunda klubning avvalgi maʼmuriyatini aybladi.

 

"Bizning maoshimiz klub umumiy daromadining 103 foizini tashkil qiladi, raqobatchilarimizdan 20-25 foiz kam", — dedi Laporta dushanba kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

 

Laporta klubning og‘ir moliyaviy ahvoli haqida gapirar ekan, o‘zidan oldingi Xosep Bartomeuni yolg‘onchilikda aybladi. Joanning fikricha sobiq direktorlar kengashi javobgarlikka tortilishi kerak. Eslatib o‘tamiz, Bartomeu o‘tgan yili moliyaviy qiyinchiliklar tufayli isteʼfoga chiqqani eʼlon qilingan edi. Jamoa sobiq direktori ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida u hech qanday qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ymaganini yozgan.

 

“Barcelona” qarzining qariyb 390 million yevrosi futbolchilar maoshi, 670 million yevrodan ko‘prog‘i bank qarzlari, qolgan 40 million yevro esa aʼzolik yo‘qotishlari bilan bog‘liq. Laportaning aytishicha, “COVID-19“ pandemiyasi klubga 91 million yevro zarar yetkazgan.

 

Laporta jamoa oylik maoshini qariyb 200 million yevroga qisqartirmoqchi va yosh futbolchilarni rag‘batlantirishga alohida eʼtibor qaratmoqchi ekanini aytdi. “Barselona” shu yilning yozida Serxio Aguero, Memfis Depay va Erik Garsiya kabi mashhur futbolchilarni sotib oldi. Ammo klub Messini boy berdi.

 

 

Murod Bahodirov

Ronaldinio yana maydonda: afsonaviy futbolchi rasmiy o‘yinda qatnashmoqda

Ronaldinio yana maydonda: afsonaviy futbolchi rasmiy o‘yinda qatnashmoqda

46 yoshli futbolchi Italiyaning “Ravenna” klubi safida “Forli”ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshladi.

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

Mezbonlar ikki to‘p farqi bilan oldinda borayotganiga qaramay, ustunlikni saqlab qola olmadi.

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

The Times ma’lumotiga ko‘ra, musobaqani kengaytirish taklifi UEFA va Osiyo futbol konfederatsiyasi qarshiligiga uchragan.

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

O‘zbekiston terma jamoasi noyabr oyida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Uning fikricha, klubdagi murabbiylik faoliyatining o‘ziga xos afzalligi bor.

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

41 yoshli hujumchi milliy jamoa safida 23 yil davomida kiyib kelgan 7-raqamli futbolkasini keyingi avlodga topshirishini ma’lum qildi.

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Bunga mintaqadagi vaziyat, logistika qiyinchiliklari va transportdagi uzilishlarni sabab qilib ko‘rsatdi.

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Paxtakor» va «Al-Nassr» o‘rtasidagi uchrashuv 2 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.