Qonunchilik palatasining 85 foiz deputatlari vaksina olgani maʼlum qilindi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 85 foiz deputatlari emlangan. Bu haqda quyi palata axborot xizmati xabar qildi.


16 avgust kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov vaksinatsiya jarayoni haqida fikr bildirib o‘tdi.
Maʼlum bo‘lishicha, O‘zbekiston Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri va uning o‘rinbosarlari to‘liq emlangan.
Shuningdek, Qonunchilik palatasining 85 foiz deputatlari vaksina olgan bo‘lib, 10 foizining emlanishi shifokor ko‘rsatmasiga asosan keyinroqqa qoldirilgan, qolgan deputatlar esa shu kunlarda vaksina olishi kutilmoqda.







