Samarqandda Lacetti qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketishi ayanchli yakunlandi
Bugun, 17 avgust kuni soat 10:30 larda, Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumani hududidan o‘tgan 4R-46 avtomobil yo‘lining 22-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati.


Qayd etilishicha, haydovchi, 1961 yilda tug‘ilgan A.Ya. “Lasetti” rusumli avtomobilda qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketishi oqibatida, haydovchi 1986 yilda tug‘ilgan X.B. boshqaruvidagi “Vaz-21063” rusumli, haydovchi, 1992 yilda tug‘ilgan Sh.M. boshqaruvidagi “Vaz-21011” rusumli hamda haydovchi 1981 yilda tug‘ilgan G‘.X. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Natijada, “Vaz-21011” rusumli avtomobil yo‘lovchisi Z.B. og‘ir tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, ikki nafar fuqaro tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.



Mazkur YTH yuzasidan Pastdarg‘om tumani IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.







