Jamiyat

Jarima kamaytiriladi: haydovchilar kutgan qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi

Haydovchilar kutgan qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Jarima kamaytiriladi: haydovchilar kutgan qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi

 

Qonun loyihasiga ko‘ra transport vositalaridan foydalanishdagi qoidabuzarlik choralari va bir qator qonun hujjatlarini yengillashtirish ko‘zda tutilmoqda.


Ular orasida jarima miqdorining kamayganligi hamda qo‘shimcha hujjatlarning talab etilmasligi kabi bir qator yangiliklar joriy etilishi rejalashtirilgan.

 

“So‘nggi vaqtlarda ishlab chiqarilayotgan ko‘plab avtomobillar monitorlar hamda Bluetooth garnituralari bilan jihozlangan hamda haydovchilarga bir qancha qulayliklar yaratilgan holda ishlab chiqarilmoqda. Amaldagi qonunlarda ham haydovchilarning qulayligi eʼtiborga olinishi lozim”,- deydi Adliya vazirligi maslahatchisi Xalil Xalilov.


Uning so‘zlariga ko‘ra Qonun loyihasida mobil telefondan qo‘lni band qilmagan holda foydalanishga ruxsat berilishi, monitorlardan avtomobil harakatlanayotgan paytda zarurat bo‘lganda foydalanish, ammo turli klip va filmlar ko‘rish taqiqlanadi.


Hujjatda aytilishicha agar haydovchilarning yonida O‘zbekiston Respublikasi biometrik pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID kartalari bo‘lsa, ulardan haydovchilik guvohnomalari, avtomobilning texnik hujjatlari, sug‘urta polislarini talab etish mumkin emas.


Loyihaga ko‘ra Maʼmuriy javobgarlik kodeksining jami 5 ta moddasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi, ayniqsa sug‘urta polisi muddati o‘tganligi bo‘yicha jarima miqdorlari keskin kamaytirilishi ko‘zda tutilgan.


2021-yil 1-dekabriga qadar Ichki ishlar vazirligi tomonidan loyiha integratsiya ishlari yakunlanib mazkur yangilik amaliyotga joriy etiladi.

Jarima kamaytiriladi: haydovchilar kutgan qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi | Zamon.uz