Salomatlik

Jigar transplantatsiyasi o‘zbek shifokorlari tomonidan ilk bor mustaqil amalga oshirildi

Ortotopik jigar transplantatsiyasi amaliyoti o‘zbek shifokorlari tomonidan ilk bor mustaqil amalga oshirildi.

Jigar transplantatsiyasi o‘zbek shifokorlari tomonidan ilk bor mustaqil amalga oshirildi

Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi

Qayd etilishicha, ushbu murakkab operatsiya Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining malakali mutaxassislari tomonidan amalga oshirilgan.

“Bunga qadar  o‘zbek-rus va o‘zbek-hind qo‘shma jarrohlari 8 ta ortotopik jigar transplantatsiyasini o‘tkazgan bo‘lib, bu galgi operatsiya mamlakatimiz tibbiyoti tarixiga o‘zbek mutaxasislari tomonidan mustaqil amalga oshirilgan ilk jigar transplantatsiyasi sifatida muhrlandi”, deyiladi SSV xabarida. 

Maʼlum qilinishicha, operatsiya 10 soatdan ortiq vaqt davom etgan. Unda Buxoro viloyatining Romitan tumanidan kelgan jigar sirrozi bilan xastalangan bemor — 38 yoshli A. R.ga 42 yoshli akasi B. R.ning jigaridan bir bo‘lak ko‘chirib o‘tkazilgan. Hozirda bemorlarning ahvoli yaxshi, donor palataga olingan.

“Singlim ko‘p yillardan beri shu dard bilan og‘rib, vaqti-vaqti bilan muolaja qilib yurardi. Dastlab tumanimizda, so‘ng Buxoro shahrida ko‘p marta davolandi, lekin foydasi bo‘lmadi. Shundan so‘ng, imtiyozli order olib, ushbu shifoxonaga keldik. Hozir o‘zimni ancha yaxshi his qilyapman. Ayniqsa, singlimning ahvoli yaxshi ekanidan, og‘ir darddan xalos bo‘lganidan juda ham xursandman. Shifokorlar menga ikki kundan so‘ng javob berisharkan. Ularning aytishicha, jigarim 2 haftada o‘zini tiklab olar ekan. Opretsiyada ishtirok etgan barcha shifokor va hamshiralarga o‘z minnatdorligimni bildiraman”, deydi donor aka. 

Bemorning so‘zlariga ko‘ra, u ushbu kasallik bilan 6 yildan beri kurashib kelgan.

“Bu kasallik menda 6 yil avval boshlangan edi. Ayniqsa shu yil ahvolim juda og‘irlashdi, tanam shishib ketdi. Toshkentga kelib, tibbiy tekshiruvlardan o‘tganimdan so‘ng, shifokorlar bu kasallikni davolashning birdan-bir yo‘li transplantatsiya ekanini aytishdi. Operatsiyadan chiqqanimga 4 kun bo‘ldi. Hozir ancha yaxshiman. Kecha bir-ikki qadam yurdim, bugun ham krovatim atrofini aylanmoqchiman”, deydi singil.

Operatsiyaga boshchilik qilgan jarrohning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda jigar sirrozi bilan og‘riydigan bemorlar bugungi kunda har ming kishiga 5-6 nafarni tashkil etadi.

“Jigar sirrozi bilan og‘riydigan bemorlar bugungi kunda yurtimizda har ming kishiga 5-6 nafarni tashkil etadi. Jigar sirrozining asosiy davosi bu — jigar transplantatsiyasidir. Shu jumladan, eng ko‘p transplantatsiyalardan biri yaqin qarindoshlar orasida amalga oshiriladi”, deya taʼkidladi operatsiyaga boshchilik qilgan jarroh, professor Mirshavkat AKBAROV.

Xabarga ko‘ra, bugungi kunda kamida yiliga 40-50 nafar o‘zbekistonlik jigar transplantatsiyasi uchun xorij davlatlariga bormoqda. 

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"