Jizzaxda ikki kishi pichoqlanib, vafot etdi
Jizzaxda pichoqlanish tufayli ikki fuqaro vafot etdi, deya xabar bermoqda viloyat IIB matbuot xizmati.


Maʼlum bo‘lishicha, 2021 yilning 10 avgust kuni viloyatning Sharof Rashidov tumanida ikki shaxs bir-biri bilan janjallashgan. Buning natijasida biri ikkinchisini pichoqlab o‘ldirgan.
Shuningdek, shu tumanda vaqtinchalik ro‘yxatda turuvchi erkak xotini sabab haydovchini 7 marta pichoqlagan. Oqibatda jabrlanuvchi vafot etgan. Qayd etilishicha, marhum erkakning mahalladoshi bo‘lgan.
Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.







