"Mehr daftari" tizimi haqida maʼlumot bersangiz, bu daftarga kimlar kiritiladi?
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Milliy gvardiyaning masʼul mutaxassislari, “Mahalla va oila” ilmiy- tadqiqot instituti olimlari bilan birgalikda o‘quv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarining muammolarini o‘rganish hamda hal etish, ularning orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish bo‘yicha “Mehr daftari” anketa so‘rovnoma loyihasi ishlab chiqildi.


Saodat Boymirzayevf, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi axborot xizmati rahbari:
“Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari, oilaviy bolalar uylari va Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi Bolalar uylari tarbiyalanuvchilarining muammolarini o‘rganish hamda hal etish, ularning orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish maqsadida “Mehr daftari” tizimi joriy etilishi belgilangan.
Asos: “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori
“Mehr daftari” tizimi doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni moliyalashtirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan “Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armalari tashkil etiladi.
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi “Mehribonlik” uylari va boshqa o‘quv-tarbiya muassasalari tarbiyalanayotgan, vasiylikka, homiylikka va oilaga tarbiyaga olingan (patronat) qizlarning taʼlim-tarbiyasi, ularni balog‘atga, turmushga tayyorlash ishlariga masʼul etib belgilandi.
Vazirlik shu toifadagi qizlarning ijtimoiy holati doimiy o‘rganib boradi va ularni “Mehr daftari”ga kiritib, qiynayotgan masalalarni joyida hal qilish, keyingi hayotlarida o‘z o‘rinlarini topishlariga har tomonlama ko‘mak beradi.
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Milliy gvardiyaning masʼul mutaxassislari, “Mahalla va oila” ilmiy- tadqiqot instituti olimlari bilan birgalikda o‘quv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarining muammolarini o‘rganish hamda hal etish, ularning orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish bo‘yicha “Mehr daftari” anketa so‘rovnoma loyihasi ishlab chiqildi.
Shuningdek, “Mehr daftari”ni yuritish orqali nogironligi bo‘lgan, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan hamda yetim bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish bo‘yicha Yangi tartib loyihasi ishlab chiqildi.
Ushbu loyihalar belgilangan tartibda tegishli vazirlik, idoralar va rahbariyat bilan kelishilgandan so‘ng amaliyotga joriy etiladi.







