Jamiyat

O‘zbekistonga 18 avgust kuni Eron hududidan nisbatan issiq havo kirib kelishi kuzatiladi

O‘zbekistonga 18 avgust kuni Eron hududidan nisbatan issiq havo kirib kelishi kuzatiladi.

O‘zbekistonga 18 avgust kuni Eron hududidan nisbatan issiq havo kirib kelishi kuzatiladi

 

18-avgust kunduz kuni O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan nisbatan issiq havo kirib kelishi qaytadan boshlanadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

 

Xabarga ko‘ra, respublika bo‘yicha kam bulutli ob-havo saqlanib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shimol va cho‘l hududlarining baʼzi joylarida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 33-38 darajagacha ko‘tariladi.

 

Qayd etilishicha, poytaxtda quyoshli bo‘ladi. Havo 33-35 darajagacha isiydi.

 

Bundan tashqari, tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 22-27 darajada bo‘ladi.

O‘zbekistonga 18 avgust kuni Eron hududidan nisbatan issiq havo kirib kelishi kuzatiladi | Zamon.uz