Poytaxtdagi baʼzi maktab nomlari o‘zgartiriladi
Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekfilm” kinostudiyasiga 2020 yil 20 noyabrdagi tashrifi chog‘ida milliy kino sanʼatimiz fidoyilarini eʼtirof etish maqsadida har bir hudud umumtaʼlim maktablariga Razzoq Hamroyev, Shukur Burhonov, Nabi Rahimov, Hamza Umarov, Lutfixonim Sarimsoqova kabi el sevgan ijodkorlar nomini berishni taklif qilgandi.


Bu bo‘iycha Toshkent shahar Xalq taʼlimi bosh boshqarmasining “Yunusobod, Chilonzor, Shayxontohur va Mirzo Ulug‘bek tumanlaridagi ayrim umumtaʼlim maktablariga milliy kino sanʼatining taniqli namoyandalarining nomlarini berish to‘g‘risida”gi taklifi maʼqullandi. Ushbu taklif Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Yunusobod tumanidagi 96 umumtaʼlim maktabi Nabi G‘aniyev, Chilonzor tumanidagi 138 umumtaʼlim maktabiga Yo‘ldosh Aʼzamov, Shayxontohur tumanidagi 169 umumtaʼlim maktabiga Komil Yormatov, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 222 umumtaʼlim maktabiga Shukur Burxonov nomi berilishi rejalashtirilmoqda.







