Rossiyada 33 yoshli ayolni bo‘g‘ib o‘ldirgan o‘zbekistonlik erkak qo‘lga olindi
Rossiyaning Moskva shahrida 33 yoshli ayolni o‘ldirishda gumonlangan O‘zbekiston fuqarosi hibsga olindi. Bu haqda “Rentv” xabar berdi.

Bu haqda “Rentv” xabar berdi.
Qotillik 13 avgustga o‘tar kechasi Lazorevoy dovonida sodir bo‘lgan. Taʼkidlanishicha, migrant Yauza qirg‘og‘ida yugurayotgan qizni ko‘rib, uni zo‘rlamoqchi bo‘lgan. Qiz baqira boshlagach esa uni bo‘g‘ib o‘ldirgan. Aytilishicha, marhum Belarus fuqarosi bo‘lgan. U voqea joyidan yalang‘och holda topilgan. Jinoyat sodir bo‘lgan yerdan erkaklar ko‘ylagi topilgan.
«Babushkin tuman sudining qarori bilan jinoyat sodir etganlikda gumon qilinuvchi Rossiya Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi bilan 2021 yil 13 oktyabrgacha ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olindi», — deyiladi sud bayonotida.
Qayd etilishicha, qotillikdan keyin Akramov qochishga uringan. Gumonlanuvchi Yauzaga sakrab tushib, suzib ketgan. 16 avgust kuni esa u hibsga olingan. Uni qotillikdan oldin ishlagan joyiga qaytib kelganida qo‘lga olishgan.







