So'nggi 6 oyda metropolitenda qancha yo‘lovchi tashilgani ma'lum bo'ldi
So'nggi 6 oyda metropolitenda qancha yo‘lovchi tashilgani ma'lum bo'ldi. Bu haqda Davlat statisikasi ma'lum qildi.


Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-iyun oylarida metropolitenda 47,0 mln. yo‘lovchi tashilgan.
O‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,4 baravarga ko‘p.
Elektr transportida yo‘lovchi tashish tarkibi:
Metro – 97,4 %
Tramvay – 2,0 %
Trolleybus – 0,6 %







