Toshkentda otishma ovozlari eshitilgani rostmi? IIBB izoh berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida otishma ovozlari eshitilgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot xizmati ushbu holat yuzasidan axborot bilan chiqdi.

IIBB axborotida aytilishicha, ushbu maʼlumot tekshirilgan va haqiqatdan yiroq.
Bildirilishicha, ko‘p hollarda ovozlar tug‘ilgan kunlarda otilayotgan mushakbozlik tovushlaridir.
“Tekshiruv natijasiga ko‘ra bu holatlar yuzasidan tegishli choralar ko‘riladi”, deyiladi maʼlumotda.







