AQSH Afg‘onistondan evakuatsiya qilinganlarning sonini ochiqladi
Iyul oyining oxiridan beri AQSH harbiy samolyotlari Afg‘onistondan 12 mingga yaqin Amerika va Afg‘oniston fuqarolarini evakuatsiya qilgan.

Bu haqda Pentagon matbuot kotibi Jon Kyorbi aytib o‘tdi. Maʼlum qilinishicha, evakuatsiya qilinganlarning aksariyati poytaxt Kobuldan.
O‘z navbatida, “Reuters” axborot agentligi o‘z manbalariga tayanib bu yerdan 7 mingga yaqin odam olib chiqilganini maʼlum qildi.
Oldinroq, AQSH Davlat kotibining o‘rinbosari Vendi Sherman evakuatsiya rejalari bilan o‘rtoqlashgan edi. Uning aytishicha, Vashington immigratsion vizani (SIV) olish uchun maxsus rejimga murojaat qilgan 22 ming kishini olib chiqmoqchi.







