Jamiyat

Elbek Rahimovning qotillik tashkilotchisi yashiringan joyidan ushlangan

Ichki ishlar vazirining aytishicha, jinoyatning tashkilotchisi hisoblangan Zuhriddin Boymirzayev 18 avgust kuni 17:05 da Chiroqchi tumanidagi yashiringan joyidan ushlangan. U jinoyat sodir etilgan kunda yashiringan. Ichki ishlar vaziri hozir barcha jinoyat ishtirokchilari qamoqqa olinganini maʼlum qildi.

Elbek Rahimovning qotillik tashkilotchisi yashiringan joyidan ushlangan

 

Po‘lat Bobojonovning aytishicha, jinoyat sodir etganlarning ikki nafari voyaga yetmagan va jinoyat ishtirokchilarining deyali barchasi notinch oila farzandlari bo‘lgan. Xususan, Boymirzayevning otasi o‘z ukasining xotinini o‘ldirib, qamoqda o‘tirgani aytildi. Shuningdek, Boymirzayev qotillik tashkilotchisi bo‘lgan boshqa bir yigit bilan bir uyda yashagan.

 

Bosh prokuror Yo‘ldoshevning aytishicha, jinoyat sodir etilgan joydan pnevmatik to‘pponcha o‘qi topilgan. Shuningdek, gumanlanuvchilarning mashinasidan to‘pponcha topilgan.

 

«Tergov ishlariga aralashishga hech kimning haqqi yo‘q. Kim aybdor bo‘ladi, men bilmayman. Lekin ularning ishi ochiq sudda ko‘riladi va unda jurnalistu blogerlar bemalol qatnashishi mumkin bo‘ladi», dedi Oliy sud raisi.

 

Bu ish bo‘yicha sud ishi barcha uchun ochiq tarzda o‘tkazilishini maʼlum qildi.

Elbek Rahimovning qotillik tashkilotchisi yashiringan joyidan ushlangan | Zamon.uz