Jamiyat

Joriy yilning 6 oyida “tez yordam” xizmatiga 5 yarim millionga yaqin chaqiriq kelib tushdi

Sir emas, hozirgi murakkab pandemiya sharoitida tibbiyot xodimlari chinakam salomatlik posbonlari sifatida koronavirus infeksiyasiga chalingan minglab yurtdoshlarimizning shifo topib, oilasi bag‘riga qaytishida katta jonbozlik ko‘rsatmoqda.

Ayniqsa, aholi salomatligini asrash, ularni ushbu xavfli kasallikdan himoya qilishda tez tibbiy yordam xizmat brigadalarining o‘rni beqiyos. Buni esa ushbu xizmatga kelib tushayotgan chaqiruvlar sonidan ham bilish mumkin.

Raqamlarga murojaat qilsak, 2021 yilning olti oyi davomida yurtimiz aholisi tomonidan “103” xizmatiga bo‘lgan jami murojaatlar soni 5 million 412 ming 806 tani tashkil etdi.

Eng ko‘p murojaat Farg‘ona (701 838 ta) va Andijon viloyati (638 640 ta) hamda Toshkent shahri(514 409)da qayd etildi.

Maʼlumot o‘rnida aytish lozimki, o‘tgan yilning ayni shu davrida yurtdoshlarimizdan tez tibbiy yordam xizmatiga 5 million 362 ming 524 ta chaqiriq kelib tushgan edi.

Shuningdek, joriy yil iyul oyida respublika bo‘yicha “103” xizmatiga bo‘lgan jami murojaatlar soni 1 million 343 ming 666 tani tashkil etib, eng ko‘p chaqiriq Farg‘ona, Andijon, Namangan, Toshkent va Surxondaryo viloyatlari hamda poytaxtda qayd etildi.

Qolaversa, iyul oyida 28 ming 48 ta murojaat “tez yordam” xodimlari tomonidan natijasiz chaqiriqlar, deb baholandi. Bu “103” xizmatiga yolg‘on chaqiriq, ular kelishini kutmay yo‘lovchi transportda olib ketilgani, manzil topilmagani, tez tibbiy yordam rad etilgan kabi qator vaziyatlar bilan bog‘liq.

Eʼtiborlisi, olib borilgan targ‘ibot ishlari natijasida joriy yil “103” xizmatiga yolg‘on qo‘ng‘iroqlar kelishi biroz kamayishiga ham erishildi. Jumladan, 2021 yilning ikkinchi choragida “tez yordam”ga 2907 ta yolg‘on chaqiriq kelib tushib, bu raqam o‘tgan yilning ayni shu davrida 4658 tani tashkil qilgan edi.

Joriy yilning 6 oyida “tez yordam” xizmatiga 5 yarim millionga yaqin chaqiriq kelib tushdi | Zamon.uz