Ombudsman vakili yordamida nurobodlik ayol uyli bo‘ldi
Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakilligi. Yordamga muhtoj, uzoq muddatdan beri muammosi hal bo‘lmagan fuqarolar umid ilinji ila ushbu tashkilot eshigini qoqadi.


Hayotning turfa sinovlari nurobodlik A.S.ni ham chetlab o‘tmadi. U turmush o‘rtog‘idan ayrilganidan so‘ng, farzandi bilan ota uyiga qaytib boradi. Ammo ota uyning ham o‘z egalari bor. Shu bois ona-bolani uy-joy muammosi qiynardi. A.S. ushbu masalada yordam so‘rab, ko‘plab tashkilotlarga murojaat qiladi. Biroq uning harakatlari bemasar ketadi.
Tanish-bilishlarining maslahati bilan u Ombudsmanning Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakiliga murojaat qiladi. I.To‘xtasinov Nurobod tumani hokimligi bilan hamkorlikda boquvchisiz ayolning murojaatini o‘rganib chiqdi. O‘rganish natijasida u arzon uy-joy bilan taʼminlandi. Yolg‘iz onaning joriy yil yakuniga qadar yangi uy-joyga ko‘chib o‘tishi belgilandi.
Maftuna Rejabboyeva







