O‘zbekiston aholisining etnik tarkibi maʼlum qilindi
O‘zbekiston aholisining etnik tarkibi maʼlum qilindi.


O‘zbekiston doimiy aholisi 2021-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra 34,6 million kishini tashkil etgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi maʼlum qildi.
O‘zbekiston doimiy aholisining etnik tarkibi quyidagicha:
o‘zbek — 29,2 million kishi;
tojik — 1,7 million kishi;
qozoq — 821,2 ming kishi;
qoraqalpoq — 752,7 ming kishi;
rus — 720,3 ming kishi;
qirg‘iz — 291,6 ming kishi;
turkman — 206,2 ming kishi;
tatar — 187,3 ming kishi;
koreys — 174,2 ming kishi;
ukrain — 67,9 ming kishi;
ozarbayjon — 41,2 ming kishi;
belarus — 18,5 ming kishi.
Bundan avval O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 30 yil ichida qanchaga o‘sgani, mamlakatda ajrashgan oilalarning 33,8 foizi 1—4 yil yashagandan so‘ng nikohni bekor qilgani hamda 2021 yil boshidan buyon 10,6 ming kishi doimiy yashash uchun boshqa davlatlarga ko‘chib ketgani haqida xabar berilgandi.







