Jamiyat

O‘zbekistonda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi yoshi 5 yilga uzaytirildi

AOKAda 18 avgust, chorshanba kuni Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mutasaddilari ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida O‘zbekistonda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi 5 yilga uzaytirilishi aytildi

O‘zbekistonda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi yoshi 5 yilga uzaytirildi

Bu haqda “Bugun.uz” muxbiri xabar qildi.

Pensiya jamg‘armasi boshqarma boshlig‘i Farrux Pardayevning maʼlum qilishicha, bolalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini oluvchi bolalar oliy taʼlim muassasasi yoki akademik litseyga kiradigan bo‘lsa, ularning boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi 23 yoshgacha uzaytiriladi.

«Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi ilgari 18 yoshgacha to‘lanar edi. Prezidentning maxsus qaroriga asosan, davlat pensiya taʼminoti to‘g‘risidagi qonunning tegishli moddalariga o‘zgartirish kiritamiz. Agar boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasining oluvchisi o‘qishga kirsa, eng uzog‘i 23 yoshgacha pensiya olish huquqiga ega bo‘ladi», — dedi u.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"