Jamiyat

O‘zbekistonda Spark uchun shartnoma berish to‘xtatilgani maʼlum bo‘ldi

O‘zbekistonda Spark avtomombili uchun dilerlarda shartnoma berish to‘xtatilgani maʼlum bo‘ldi.

O‘zbekistonda Spark uchun shartnoma berish to‘xtatilgani maʼlum bo‘ldi

Maʼlum bo‘lishicha, shartnomani tuzish uchun mo‘ljallangan Uzavtosavdo ilovasida Spark avtomashinasi uchun kontraktatsiya taqdim etish to‘xtatilgan.

Taʼkidlanishicha, o‘tgan haftaning o‘zida ushbu avtomobil uchun shartnoma tuzilganda uni 2022 yilning yanvar oyida yetkazib berish sharti qo‘yilgan bo‘lgan.

Qo‘shimcha qilinishicha, shu yilning dastlabki 6 oyida Spark ishlab chiqarish o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,4 barobarga qisqarib ketgan bo‘lgan. Bunga yarim o‘tkazgichlar yetishmovchiligi sabab qilib ko‘rsatilgan.

O‘zbekistonda Spark uchun shartnoma berish to‘xtatilgani maʼlum bo‘ldi | Zamon.uz