Jamiyat

Qarshida harakatlanib ketayotgan Lacetti‘da yong‘in chiqdi

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida yana bir avtomobil — harakatlanib ketayotgan Lacetti‘da yong‘in chiqdi, deya xabar bermoqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati.

Qarshida harakatlanib ketayotgan Lacetti‘da yong‘in chiqdi

 

 

Maʼlum bo‘lishicha, voqea joyiga Qarshi shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limi 2-yong‘in-qutqaruv qismidan 1 ta bo‘linma soat 20:35 da yetib borib, taxminan, soat 20:41 da yong‘in to‘liq o‘chirildi. Yong‘in oqibatida Lacetti rusumli avtomobil zarar ko‘rgan.

 

 

«Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘in natijasidan hech kim tan jarohati olmaganligi maʼlum bo‘ldi», — deyiladi xabarda.

 

Qayd etilishicha, avtomobil egasi va unga ko‘maklashgan kishilar yong‘in haqida tezda xabar bermay, voqea joyiga kelib qolgan vodovozdan foydalanib, yong‘inni o‘chirishga harakat qilgan. Va yong‘inning kuchayib ketishiga sababchi bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"