Jamiyat

Samarqandda 3 yoshli o‘g‘lini sotmoqchi bo‘lgan 19 yoshli qiz va uning onasiga sud hukmi o‘qildi

Samarqand shahrida 3 yoshli o‘g‘lini sotmoqchi bo‘lgan qiz va uning onasiga sud hukmi o‘qilgan. Bu haqda Oliy sud Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i Aziz Obidov xabar bermoqda.

Samarqandda 3 yoshli o‘g‘lini sotmoqchi bo‘lgan 19 yoshli qiz va uning onasiga sud hukmi o‘qildi

 

 

Maʼlum qilinishicha, Samarqand shahridagi kafelarning birida 43 yoshli ayol va uning 19 yoshli qizi 3 yoshli o‘g‘il farzandini 600 dollarga sotgan vaqtda qo‘lga olingan. Qayd etilishicha, ular boladan voz kechish to‘g‘risida bolani olayotgan shaxsga tilxat ham yozib bergan.

 

Qayd etilishicha, ular qo‘lga olish jarayonida avvaliga bolani sotmaganini aytgan. Ammo dalillar qarshisida chorasiz qolishgan. Shundan so‘ng, dastlabki surishtiruvlarda qiz onasini davolatish uchun o‘g‘lini sotishga majbur bo‘lganini aytgan.

 

Taʼkidlanishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi raisi Orif Pardayev boshchiligida bo‘lib o‘tgan sud majlisida ona va uning qiziga hukm o‘qilgan. Ularning ikkalasi ham Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) 3-qismi “a” bandi bilan aybdor deb topilib, kodeksning 57-moddasini (yengilroq jazo tayinlash) qo‘llab 4 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Samarqandda 3 yoshli o‘g‘lini sotmoqchi bo‘lgan 19 yoshli qiz va uning onasiga sud hukmi o‘qildi