Strategik rivojlanish agentligiga rahbar tayinlandi
Strategik rivojlanish agentligiga rahbar tayinlandi.


Prezident qarori bilan investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Laziz Shavkatovich Kudratov zimmasiga Strategik rivojlanish agentligi Bosh direktori vazifasi yuklatildi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi maʼlum qildi.
Xabarga ko‘ra, Laziz Qudratov 1981- yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent davlat Sharqshunoslik instituti va Xosey universitetini (Yaponiya) bitirgan.
Qayd etilishicha, Laziz Kudratov bir vaqtning o‘zida investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritadi.







