Turkiyada o‘zbekistonlik ayol saratondan vafot etgani rostmi?
Turkiyaning Istanbul shahrida O‘zbekistonlik Yu.Rahmatillayeva saraton kasalligidan vafot etgani haqidagi xabar tarqalgandi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati holatga munosabat bildirdi.
Maʼlum bo‘lishicha, ijtimoiy tarmoqdagi pasport fotosurati 1985 yilda Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Yulduz Rahmatillayevaga tegishli bo‘lib, u Istanbul shahrining Bag‘jilar Davlat shifoxonasida saratondan vafot etgani to‘g‘risida xabar tarqalgan.
Migratsiya agentligi bergan maʼlumotga ko‘ra, Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan olib borilgan surishtiruvlar natijasida Turkiyada vafot etgan ayol O‘zbekiston fuqarosi emasligi va u tomonidan ishlatilgan Yu.Raxmatillayevaga tegishli bo‘lgan eski turdagi nobiometrik fuqarolik pasportidagi fotosurat qalbakilashtirilgani maʼlum bo‘lgan.
Taʼkidlanishicha, pasportning asl egasi ayni vaqtda O‘zbekistonda va sog‘-salomat. Hozirda tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.







