Erdo‘g‘an: “Turkiya afg‘on qochqinlarini qabul qilmaydi”
Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Turkiya afg‘on qochqinlarini qabul qilmasligini maʼlum qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.
Turkiya prezidenti mamlakatni “Yevropa uchun afg‘on migrantlari qo‘riqxonasi” ga aylantirmasligini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Anqara qochqinlarni to‘xtatish uchun Eron bilan yetarli chora-tadbirlarni amalga oshirgan. Endilikda Yevropa shunga mos qadamlar qo‘yishi lozim.
Shuningdek, Erdo‘g‘an birgalikda muhim muammolarni hal qilish maqsadida “Tolibon” bilan muzokaralarga tayyor ekanini eʼlon qildi.
Afg‘onistonda vaziyat ayniqsa “Tolibon” hokimiyatni egallagandan keyin keskinlashdi. Kobul aeroportida minglab odamlar chet mamlakatlarga ketish uchun navbat kutmoqda. Ko‘plab G‘arb davlatlari qochqinlarni qabul qilishga tayyor ekanini bildirdi. Jumladan, Buyuk Britaniya 20 ming afg‘on migrantlarini qabul qiladi. AQSH ham ko‘plab afg‘onistonliklarni olib ketyapti. 19 avgust holatiga ko‘ra, Vashington 5 mingdan ortiq kishini evakuatsiya qilgan.







