Farg‘onada “Nexia” avtomobili ag‘darilib ketdi, 3 kishi vafot etdi
Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida Nexia avtomobili ag‘darilib ketdi. Bu haqda «Yangi Davr» ko‘rsatuvida xabar qilindi.


Qayd etilishicha, holat Dang‘ara tumani hududidan o‘tuvchi 4K-888G mahalliy avtomobil yo‘lining 3-kilometrida soat 00:10 atrofida sodir bo‘lgan. Mast holatda bo‘lgan “Nexia” haydovchisi mashina tezlikni oshirib, boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida ag‘darilib ketgan.
Taʼkidlanishicha, yo‘l-transport hodisasi oqibatida haydovchi va bir nafar yo‘lovchi voqea joyida, yana bir yo‘lovchi shifoxonada vafot etgan.
Mashina salonidagi ikki nafar yo‘lovchi tan jarohatlari bilan tuman markaziy shifoxonasiga yuborilgan.
Hozirda hodisa sabablari yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.







