Jamiyat

O‘zbekistonda 13 mingta umumiy ovqatlanish obyekti 2021 yil yakuniga qadar yer va mulk solig‘idan ozod qilinadi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga ishbilarmonlar tomonidan umumiy ovqatlanish va turizm korxonalaridan o‘tgan yili berilgan imtiyozlarni uzaytirish bo‘yicha 300 dan ortiq murojaatlar kelib tushgan. Bu haqda davlat rahbari tadbirkorlar bilan o‘tkazilayotgan muloqotda maʼlum qildi.

O‘zbekistonda 13 mingta umumiy ovqatlanish obyekti 2021 yil yakuniga qadar yer va mulk solig‘idan ozod qilinadi

 

 

Pandemiya davom etyapti va bu xizmatlar sohasi, ayniqsa, umumiy ovqatlanish va turizm korxonalari uchun qanchalik og‘ir bo‘layotganini, barchamiz ko‘rib turibmiz, albatta. Bu borada umumiy ovqatlanish va turizm korxonalaridan o‘tgan yili berilgan imtiyozlarni uzaytirish bo‘yicha 300 dan ortiq murojaatlar kelib tushgan.

Shu bois jami 13 mingta umumiy ovqatlanish korxonasini yil yakuniga qadar yer va mulk solig‘idan ozod qilamiz. Bu imkoniyat ularga 30 milliard so‘m qo‘shimcha ko‘mak deganidir. Ularning boshqa soliqlardan mavjud 35 milliard so‘m qarzlari muddatlari joriy yil yakunigacha uzaytiriladi, kreditlarini qaytarish ham kechiktiriladi.

Shu bilan birga, turizm kompaniyalari va mehmonxonalarni turistik yig‘imlardan 2 yil muddatga ozod qilsak, nima deysizlar? Bu – hozirgi qiyin sharoitda tushumi kamayib ketgan 2 ming nafar tadbirkor ixtiyorida 150 milliard so‘m qoladi, degani.

 

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

O‘zbekistonda 13 mingta umumiy ovqatlanish obyekti 2021 yil yakuniga qadar yer va mulk solig‘idan ozod qilinadi | Zamon.uz