Jamiyat

Prezident: bundan buyon tadbirkorlarning ham o‘z orden va medallari bo‘ladi

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda davlatimiz rahbari halol tadbirkor, intizomli soliq to‘lovchilar safini kengaytirish dolzarb vazifa ekani, bu yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashning eng maqbul yo‘li bo‘lishi haqida so‘z yuritdi.

Prezident: bundan buyon tadbirkorlarning ham o‘z orden va medallari bo‘ladi

 

 

– Joriy yildan boshlab ish o‘rni yaratishda, innovatsiyalarni joriy qilishda, soliqlarni o‘z vaqtida to‘lashda, eksport qilishda, yetuk mutaxassislar tayyorlashda barchamizga namuna bo‘ladigan biznes vakillari haqida har yili “Yilning ilg‘or tadbirkorlari” kitobi chop etib boriladi.

 

Bunday tadbirkorlarimizni munosib taqdirlash va rag‘batlantirish uchun, alohida davlat mukofotlarini ham taʼsis etamiz. Bundan buyon tadbirkorlarning ham o‘z orden va medallari bo‘ladi.

Prezident: bundan buyon tadbirkorlarning ham o‘z orden va medallari bo‘ladi | Zamon.uz