Toshkentda bir kecha-kunduzda 1 ming 73 ta qoidabuzarlik aniqlandi
Toshkent shahrida jinoyatchilikning oldini olish, harakat xavfsizligini taʼminlash, qo‘pol turdagi qoidabuzarliklar sodir etgan haydovchilarni aniqlash va ularga nisbatan qonuniy choralar ko‘rish borasida joriy yilning19 avgust kuni tungi xizmat tadbirlari tashkil etildi.


IIBB YHXB YPX brigadasidan “Tun” avtoekipajlari hamda YPX maskanlari, blok va to‘siq postlarga xizmatga jalb etilgan xodimlar tomonidan quyidagi qoidabuzarliklar aniqlandi:
Qo‘pol qoidabuzarlik — 292 ta
Transport vositasini mast holda boshqarish — 19 ta
Svetoforni taʼqiqlovchi chirog‘iga rioya etmaslik — 57 ta
Tegishli hujjatlarsiz boshqaruv — 97 ta
Qonuniy talabni bajarmaslik — 10 ta
Ruxsatsiz oynalarni qoraytirish (tonirovka) —19 ta
Ovoz so‘ndiruvchi moslama (glushitel), migalka, sirena —5 ta
Boshqa qoidabuzarliklar — 866 ta
Jarima maydoniga joylashtirilgan transport vositalari — 150 ta
Aniqlangan tig‘li jismlar (pichoq) va boshqa jismlar — 19 ta
Fosh etilgan jinoyatlar:
Narkotik va psixotrop moddalar — 1 ta
Olib borilgan targ‘ibot ishlari:
Yuk xonasi va saloni tekshirilgan tr.vositalar — 148 ta
YHQ bo‘yicha o‘tkazilgan profilaktik suhbatlar — 188
Shuningdek, xodimlar tomonidan, tungi xizmat davomida 19 nafar mast holda, 97 ta tegishli xujjatlarsiz, 10 ta qonuniy talablarni bajarmagan va 5 ta ovoz so‘ndirgich (glushitel) o‘rnatgan hamda 19 ta oynalarini tegishli ruxsatnomasiz qoraytirib olib avtoulov boshqargan xaydovchilarga nisbatan qonuniy chora ko‘rilib, transport vositalari jarima maydoniga joylashtirildi.







