Sport

Ko‘hna qitʼaning eng kuchli beshta chempionati: ilk natija va xulosalar

Shu yilning avgustida Yevropaning eng kuchli beshta chempionatida yangi futbol mavsumi boshlandi. Xususan, 13 avgustdan Angliya Premyer Ligasi bellashuvlariga start berildi. Turnirning dastlabki bahslari bir qator kutilgan va kutilmagan natijalarga boy bo‘ldi.

Ko‘hna qitʼaning eng kuchli beshta chempionati: ilk natija va xulosalar

“Tottenxem” va «Manchester Citi» klublari o‘rtasidagi bahsni ko‘plab futbol ishqibozlari tomosha qilgani shubhasiz. Mavsum oldidan Manchester klubida bir qator o‘zgarishlarni amalga oshirgan Xosep Gvardiola safarda londonliklarga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. “Tottenxem”ga g‘alaba keltirgan golga koreyalik Son Xin Min mualliflik qildi. Ushbu turda eng sermahsul bahs «Manchester Yunayted» va “Lids” o‘rtasida bo‘lbi o‘tdi.

 

Manchester shahrida o‘tgan bahsda «Qizil iblislar» 5:1 hisobida g‘alabaga erishdi va birinchi turdayoq chempionat peshqadamiga aylandi. Ushbu bahsda Pol Pogbaning harakatlarini alohida eʼtirof etish lozim. Fransiyalik futbolchi bahsda to‘rtda golga assistentlik qildi. Bruno Fernandesh esa uchta gol kiritib, turnir to‘p urariga aylandi. Birinchi turda kutilmaganda “Arsenal” “Brentford”ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. O‘tgan yili bir qator yo‘qotishlar sabab mavsumni muvaffaqiyatsiz o‘tkazgan “Liverpul” klubi “Norvich”ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Gollarga Muhammad Saloh, Diogu Jota, Firmino mualliflik qildi. O‘tgan mavsum Yevropa chempionligi va mavsum boshida Yevropa super kubogini qo‘lga kiritgan “Chelsi” ham «Kristal Pelas»ni xuddi shu hisobda mag‘lubiyatga uchratdi.

 

Turning eng qiziqarli bahslaridan biri “Uotford” – «Aston Villa» jamoalari ishtirokida bo‘ldi. Murosasiz kechgan to‘qnashuvda “Uotford” 3:2 hisobda g‘alaba qozondi va hisobiga uch ochko yozib qo‘ydi. Gollarga boy  bahslardan biri “Nyukasl” va «Vest Xem» klublari ishtirokida bo‘ldi. O‘yinda hisobni birinchi bo‘lib “Nyukasl” futbolchilari ochgan bo‘lishiga qaramay yakunda ochkoni «Vest Xem» qo‘lga kiritdi. “Lister” hamda “Vulverxempton” klublari ishtirokidagi o‘yinning 41-daqiqasida Jeymi Vardi tomonidan urilgan gol “Lister”ga g‘alaba keltirdi.

 

Shuningdek, ushbu turda “Bernli” “Brayton”ni 1:2 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, “Everton” o‘z uyida  “Sautgempton”ni 3:1 hisobida yengdi. Angliya chempionatining birinchi turidan keyin «Manchester Yunayted» birinchi o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, keyingi o‘rinlarni “Liverpul” va “Chelsi” jamoalari band etgan. Oxirgi o‘rinlarni ushbu klublarga yirik hisobda mag‘lub bo‘lgan “Lids”, «Kristal Pelas», “Norvich” egallab turibdi. To‘p urarlar ruyxatidan birinchi o‘rin “Lids”ga uchta to‘pga kiritgan «Manchester Yunayted» aʼzosi Bruno Fernandesh nasib qildi. Keyingi o‘rinda “Vesthem” futbolchisi Souchek bormoqda. Ikkinchi tur o‘yinlari 21-22-23 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

 

La Liga

 

13 avgust kuni Ispaniya chempionatining ham yangi mavsumiga start berildi. Mavsum oldidan bir qator klublarda kutilmagan transferlar amalga oshirildi. Chempionatning dastlabki turida beshta o‘yinda durang natija qayd etildi. La Ligani “Valensiya” va “Xetafe” klublari ishtirokidagi bahs ochib berdi. Bu o‘yinda valensiyaliklar kichik hisobda g‘alabaga erishdi. Uchrashuvda yagona golga Karlos Soler mualliflik qildi.

 

 Messisiz qolgan “Barselona” 4:2 hisobida «Real Sosedat»dan ustun keldi. Uchrashuvda Martin Breytueyt dubl qayd etdi. Birinchi turda yetakchisini sotib yuborgan Madridning “Real” klubi ham ishonchli g‘alabaga erishdi. Madridliklar “Alaves” klubini 1:4 hisobida mag‘lub etdi. Madridning ikkinchi jamoasi “Atletiko” esa “Selta”dan bir to‘p evaziga ustun keldi. Chempionatning yana bir eng kuchli jamoalaridan biri “Sevilya” o‘z maydonida «Rayo Valekana»dan 3:0 hisobida ustun keldi. Qolgan barcha uchrashuvlarda durrang natija qayd etildi.

 

Birinchi turdan keyin “Real” turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab turibdi. Keyingi pog‘onalardan “Sevilya” va “Barselona” klublari joy olgan. Oxirgi o‘rinlarda «Rayo Valekano», “Alaves” va «Real Sosedat» jamoalari bormoqda.To‘p urarlar ruyxatini esa “Barselona” hujumchisi Martin Breytueyt boshqarib bormoqda. Ispaniya chempionatining keyingi tur o‘yinlari 21-22-23 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

 

Liga-1

 

Fransiya chempionatida ayni kunlarda uchinchi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. Kecha ushbu turning dastlabki uchrashuvida “PSJ” “Brest” klubini 4:2 hisobida mag‘lub etdi. Parijliklar ikkinchi turda “Strasburg”ni ham aynan shu hisobda mag‘lub etgandi.  Shuningdek, ushbu turning eng qiziqarli va gollarga boy bo‘lgan uchrashuvi “Reyms” va “Monpele” klublari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Murosasiz o‘tgan bahs 3:3 natija bilan yakunlandi.

 

Bundan tashqari “Lans”-“Sent-Eten” va “Marsel” – “Bordo” uchrashuvlari ham jangovor durang bilan yakunlandi. Ushbu turda eng yirik hisob “Lil” va “Nitsa” jamoalari o‘rtasidagi bahsda qayd etildi. Unda 4:0 hisobida “Nitsa” jamaosi g‘alaba qozondi. “Anje” – “Lion” o‘rtasidagi o‘yinda ham yirik hisob qayd etildi. Unda “Anje” klubi uchta to‘p hisobida raqibini mag‘lub etdi. “Nant” – “Mets”, “Klermon” – “Trua” jamoalari ishtirokidagi bellashuvlarda 2:0 hisobi qayd etildi. Unda “Nant” va “Klermon” jamoalari raqiblaridan ustun ekanligini isbotladi. “Brest” – “Ren” jamoalari bir ochkodan  olgan bo‘lsa, “Manako” “Loryan” ustidan kichik hisobda ustun keldi.

 

Fransiya chempionati ikkinchi tur natijalariga ko‘ra “PSJ” birinchi o‘rindan joy olgan bo‘lsa, “Anje” va “Klermon” klublari keyingi o‘rinlarni egallab turibdi. Jadvalning so‘nggi o‘rinlarida “Strasburg”, “Trua”, “Lil” bormoqda. To‘p urarlar ruyxatini uchtadan to‘p kiritgan “Marsel” hujumchisi Dimitriy Payet va “Klermon” hujumchisi Muhammad Bayo egallab turibdi. Ayni kunlarda Fransiya chempionatida uchinchi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.

 

  Bundesliga

 

Angliya va Ispaniya chempionatlari kabi 13 avgustdan start olgan Germaniya Bundes ligasida ham birinchi tur o‘yinlari o‘z nihoyasiga yetdi. Turning dastlabki uchrashuvida «Borussiya M» hamda “Bavariya” jamoalari to‘qnash keldi. Uchrashuvda jamoalar 1:1 hisobida durang natijaga imzo chekishdi. Bundan tashqari “Union” – “Bayer”, “Armeniya” – “Frayburg” uchrashuvlarida ham durang natija qayd etildi.

 

Turda bir qator yirik hisoblar  ham kuzatildi. Xususan, “Shtutgart” «Groyter Fyurt»ni 5:1 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, “Augsburg” – “Xoffenxaym” o‘rtasida bo‘lgan bellashuvda 0:4 hisobi qayd etildi. Shuningdek, «Borussiya D» o‘z uyida «A. Frankfurt»ni mag‘lub etdi. Dastlabki turda “Mayns” – «RB Leybsig», “Volfsburg” – “Boxum” klublari uchrashuvida kichik hisobda “Mayns” va “Volfsburg” klublari raqiblaridan ustun keldi. Birinchi turning eng so‘nggi bahsi “Kyoln” va “Gerta” jamoalari o‘rtasida o‘tkazildi.

 

Unda “Kyoln” 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Germaniya chempionati birinchi turidan keyin “Xoffenxaym” birinchilikda borayotgan bo‘lsa, keyingi o‘rinlarni «Borussiya D» va «RB Leypsig» klublari egallab turibdi. Turnir jadvalinining so‘nggi pog‘onalaridan “Augsburg”, «Groyter Fyurt» va «A. Frankfurt» jamoalari bormoqda.

 

Germaniya chempionati to‘purarlari ruyxatining boshida Erling Xoland, Kayns, Kempf, Sosablay kabi futbolchilar turibdi. Germaniya chempionati 2-tur o‘yinlari 21-22 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Kuchli beshta chempionatlar qatoriga kiradigan Italiya chempionatining birinchi tur o‘yinlari ham 21-22 avgust kunlari o‘tkaziladi.

 

 

Jamshidbek Amirov  

custom img

“O‘zbekiston katta orzular amalga oshishini butun dunyoga isbotladi” — Infantino

FIFA prezidenti O‘zbekiston terma jamoasini Jahon chempionatidagi tarixiy ishtiroki bilan tabrikladi.

custom img

O‘zbekistonlik hakamlar JCh-2026 nimchorak finali uchrashuvini boshqaradi

O‘zbekistonlik hakamlar brigadasi Paragvay va Fransiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuviga tayinlandi.

custom img

Ronalduning goli va Ramosning so‘nggi daqiqadagi zarbasi Portugaliyani finalga olib chiqdi

Xorvatiya mundial bilan xayrlashdi, Luka Modrich Jahon chempionatidagi so‘nggi uchrashuvini o‘tkazdi.

custom img

JCH — 2026: Harri Keyn Angliyani qutqardi

Inglizlar Kongo DRni mag‘lub etib, 1/8 finalga chiqdi.

custom img

O‘rozovga Bundesliganing yetakchi jamoasi qiziqish bildirmoqda — OAV

Futbolchi “Borussiya Myonxengladbax”ning yozgi transferlar uchun shakllantirilgan kuzatuv ro‘yxatidan joy olgan.

custom img

Eldor Shomurodovning goli JCH-2026 guruh bosqichining eng chiroyli goli deb topildi

Futbolchining mundialdagi tarixiy goli FIFA ovoz berishida Messi, Mbappe va Vinisius Juniorning gollarini ortda qoldirdi.

custom img

JCH-2026. Braziliya va Marokash dramatik tarzda keyingi bosqichga chiqdi, Germaniya esa sensatsion tarzda musobaqani tark etdi

2026-yilgi Jahon chempionatining 1/16 finalidan o‘rin olgan navbatdagi uchrashuvlar yakunlandi. Braziliya, Paragvay va Marokash chorak final yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi.

custom img

Fabio Kannavaro terma jamoa bilan Toshkentga qaytmaydi

O'zbekiston MTJ bosh murabbiyi AQShdan Italiyaga uchib ketadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"