Jamiyat

Mualliflik huquqining amal qilish muddati uzaytirildi

Mualliflik huquqi muallif vafotidan keyin 70 yil amal qiladigan bo‘ldi.

Mualliflik huquqining amal qilish muddati uzaytirildi

 

Qonun (O‘RQ–709-son, 20.08.2021 y.) bilan intellektual mulk sohasida ayrim qonunchilik hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi .

 

Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, mualliflik huquqi muallifning vafotidan keyin 70 yil davomida amal qilishi belgilandi (ilgari ushbu muddat 50 yil edi).

 

Qonunga ko‘ra, tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma berilganidan so‘ng Intellektual mulk agentligi talabnoma haqidagi maʼlumotlarni veb-saytiga 1 ish kunida joylashtiradi.

 

Ushbu eʼlon asosida manfaatdor shaxslar Agentlikka talabnoma nohalol topshirilgan ariza haqida eʼtiroz bildirishi mumkin.

 

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim “Karvon” sheʼrini uning roziligisiz ijro etgani uchun xonanda Sanjayni sudga bergani haqida xabar berilgandi .

Mualliflik huquqining amal qilish muddati uzaytirildi | Zamon.uz