Jamiyat

Navoiyda uka akasini ketmon bilan urib, o‘ldirib qo‘ydi

Navoiy shahrida mast uka akasini o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda «Yangi Davr» informatsion dasturida maʼlum qilindi.

Navoiyda uka akasini ketmon bilan urib, o‘ldirib qo‘ydi

 

 

Maʼlum bo‘lishicha, samarqandlik aka-uka Navoiy shahridagi qurilishda ishlayotgan bo‘lgan. Ular orasida 12 million so‘m pul sabab kelishmovchilik kelib chiqqan. Jahl ustida uka ketmon bilan akasining bosh qismiga urishi oqibatida jabrlanuvchi ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.

 

Taʼkidlanishicha, janjal kelib chiqqanda har ikki shaxs ham mast holda bo‘lgan.

 

Maʼlumot o‘rnida, akaning bir nafar, ukaning esa ikki nafar farzandi bor.

 

Hozirda ukaga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergovga qadar tekshiruv ishlari boshlangan.

Navoiyda uka akasini ketmon bilan urib, o‘ldirib qo‘ydi | Zamon.uz