O‘g‘ri begona emas, xonadon egasining jiyani bo‘lib chiqdi
“102” navbatchilik qismiga poytaxtimizning Uchtepa tumani 4-tor Faqiriy ko‘chasidagi xonadonlardan birida o‘g‘irlik sodir etilgani haqida xabar kelib tushadi.


Uchtepa tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, tergov boshqarmasi hamda jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan maxsus tadbirlar natijasida qiziq bir holat aniqlandi: bir xonadonda ikki marotaba o‘g‘irlik sodir etgan shaxs shu uyda yashovchi kishi bo‘lib chiqdi.
O‘g‘irlikni shu xonadonda yashovchi Murod (nomi o‘zgartirilgan) ismli shaxs, yaʼni xonadon egasining jiyani qilgani aniqlandi. Hozirgi kunda Murodga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi a bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Munojat Valiyeva







