Jamiyat

“O‘ztransgaz”ga yangi rahbar tayinlandi

Energetika vazirligi boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Behzod Narmatov “O‘ztransgaz” boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlandi.

“O‘ztransgaz”ga yangi rahbar tayinlandi

 

 

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Normatov Behzod Rahmatillayevich “O‘ztransgaz” AJ boshqaruvi raisi etib tayinlandi, deya xabar qildi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

 

Behzod Normatov “Andijonneft” AJ boshqaruvi raisi, Energetika vazirligining Geologiya, neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan. Tayinlovga qadar energetika vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlayotgan edi.

 

U kompaniyani 2019 yil iyul oyidan buyon boshqarib kelayotgan Ulug‘bek Saidov o‘rniga rahbar etib tayinlandi.

 

Bundan avvalroq, Energetika vaziri o‘rinbosari ishdan olingani haqida xabar bergandik. 

“O‘ztransgaz”ga yangi rahbar tayinlandi | Zamon.uz