Rossiyadan Oʼzbekistonga 20 ta zamonaviy metro vagonlari yuborildi
Toshkentga Rossiya taraqqiyot davlat korporatsiyasi (VEB.RF) koʼmagida 20ta yangi TMX metro vagonlari yuborildi.

Podmoskoveda Rossiyada ishlab chiqarilgan zamonaviy metro vagonlarini Oʼzbekistonga joʼnatish tantanali marosimi boʼlib oʼtdi. Vagonlar Metrovagonmash korxonasida ishlab chiqarilgan.
Vagonlar sostavi Toshkent metropolitenida ishlatiladi. Yangi vagonlardan 5ta poezdlarni shakllantirish koʼzda tutilgan.
Yil yakuniga qadar Toshkentga yana 20ta metro vagonlari yuborilishi rejalashtirilgan.
VEB.RF va Toshkent metropoliteni oʼrtasida 40ta vagonlarni yetkazib berish boʼyicha kredit shartnomasi 2021 yilning aprelida imzolangan. Kredit liniyasi hajmi 30,4 mln yevroni tashkil etib, u 12 yil muddatga taqdim etilgan.







