Toshkentda 27 yoshli yigit imkoniyati cheklangan qizni nega kaltakladi?
Toshkent shahrida 27 yoshli yigit kar-soqov qizni kaltakladi. Shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi holat yuzasidan maʼlumot berdi.


Qayd etilishicha, video Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘rganilgan. Janjallashgan fuqarolarning shaxslari aniqlangan.
Maʼlum bo‘lishicha, 20 avgust kuni soat 08:00 da Chilonzor tumani “Sharq” mahallasi hududida 22 yoshli M.M. va 27 yoshli U.K. o‘rtasida pul sababli janjal kelib chiqqan. Badan shikastlari og‘irligi darajasini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Tergov oldi tekshiruvi natijalariga ko‘ra zarur choralar ko‘rilishi maʼlum qilingan.







