Yakshanba kuni notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish to‘xtatildi
Yakshanba kuni notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish to‘xtatildi.


2021-yil 22-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi hamda Davlat soliq qo‘mitasining elektron bazalarida texnik profilaktika ishlari o‘tkazilishi sababli, ushbu axborot tizimlari ishlamaydi.
Shu sababli, 22 avgust (yakshanba) kuni notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish to‘xtatib turilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq maʼlumotlarni yangi serverga ko‘chirish munosabati bilan joriy yil 21-avgust soat 21:00 dan 23-avgust soat 08:00 gacha ayrim elektron soliq xizmatlrida uzilishlar kuzatilishi haqida xabar berilgandi.







