Jamiyat

OLIMPIADA CHEMPIONI O‘ZI O‘QIGAN MAKTAB-INTERNATIDA BO‘LDI

Bahodir Jalolov ilk bor dars bergan ustozlar va maktab o‘quvchilari bilan uchrashdi.

OLIMPIADA CHEMPIONI O‘ZI O‘QIGAN MAKTAB-INTERNATIDA BO‘LDI

Chempion o‘zi o‘qigan sinf partasiga o‘tirar ekan, ilk ta’limni bergan, hozirgi paytda hayotdan ko‘z yumgan ustozi Shamsiya opani yodga oldi. Birinchi va ikkinchi sinflarda olgan baholari qayd etilgan jurnalni ko‘zdan kechirdi.

Shundan so‘ng, maktab faollari, mahalla oqsoqollari, yosh o‘quvchilar turli tuman boksga oid savollar bilan murojaat yetishdi. Unga javoban Bahodir Jalolov har qanday yutuqni tagida avvalambor chuqur bilim olish, mas’uliyat bilan mehnat qilish birinchi o‘rinda turishini eslatib o‘tdi. 

Tuman Xalq ta’limi bo‘limi mudiri Ahmadjon Boboyev, Termiz davlat Universitetining o‘qituvchisi Ismatulla Xayrullayev, 66-ISTDM direktori Gʻofurjon Fattoyev va unga ilk saboq bergan o‘qituvchilar so‘zga chiqishib, Bahodirni Olimpiada chempioni bo‘lgani bilan tabriklashdi.

 Uchrashuv so‘ngida bir guruh o‘quvchi-yoshlar chempion bilan suratga tushishdi.

OLIMPIADA CHEMPIONI O‘ZI O‘QIGAN MAKTAB-INTERNATIDA BO‘LDI | Zamon.uz