Jamiyat

1-sentyabrdan Oʻzbekiston fuqarolari Rossiyaga maxsus mobil ilovaga PZR-testning manfiy natijasini qayd etish orqali kiritiladi

Bu haqda AOKAda oʻtkazilayotgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.

1-sentyabrdan Oʻzbekiston fuqarolari Rossiyaga maxsus mobil ilovaga PZR-testning manfiy natijasini qayd etish orqali kiritiladi

“Puteshestvuyu bez Covid-19” ilovasini iOS yoki Android tizimlariga oʻrnatish mumkin. Bunda quyidagi oddiy qadamlarni bajarish kerak:
▪️Til tanlash;
▪️Yaqin atrofdagi laboratoriyalarni topish uchun geolokatsiyani yoqish;
▪️Hamma joyda “Keyingi” tugmasini bosish;
▪️Oʻzbekiston fuqarolari “Litsenziya shartnomasi shartlarini qabul qilaman” va “Yakunlash” tugmalarini tanlaydi;
▪️Joʻnab ketish va kirib kelish mamlakatlari koʻrsatiladigan sahifa paydo boʻladi. Yaqin atrofdagi laboratoriyalar roʻyxati ochiladi;
▪️Qulay laboratoriya tanlanadi va bosiladi;
▪️Jarayonlarni bajarish boʻyicha koʻrsatmalar olinadi;
▪️“Profil” boʻlimida pasport skanerlanadi. QR-kodni tekshirish va dastur tilini oʻzgartirish mumkin;
▪️“Sinovlar” boʻlimida rozilik varagʻidagi QR-kodi skanerlanadi.

1-sentyabrdan Oʻzbekiston fuqarolari Rossiyaga maxsus mobil ilovaga PZR-testning manfiy natijasini qayd etish orqali kiritiladi | Zamon.uz