Endi akademik taʼtil olgan talabalar oʼqishni «sirtqi», «kechki», «onlayn» shakllarga oʼzgartirishi mumkin
Joriy oʼquv yilidan boshlab, akademik taʼtil olgan talabalar oʼqishni «sirtqi», «kechki», «onlayn» shakllarga oʼzgartirishi va davom ettirishi mumkin boʼladi. Bu haqida Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi axborot xizmati xabar qildi.

Qaramogʼida/xonadonida bemorga qarashi lozim boʼlgan talabalar;
sogʼligi tufayli oʼqishga kelish imkoniyati boʼlmagan talabalar;
sogʼligiga koʼra uyda qolishi kerak boʼlgan homilador ayol talabalar;
chaqalogʼi bor yosh talaba onalar;
harbiy xizmatni oʼtamoqchi boʼlgan talabalar va boshqa asosli sabab koʼrsatgan talabalar akademik taʼtil olishlari mumkin boʼladi.
Oʼtgan davrdagi akademik taʼtilьdan hozirgisining farqi talaba oʼqishdan chetlatilmaydi.
Buning uchun talaba tahsil olayotgan oliygoh rektori nomiga akademik taʼtil olishga sabab boʼlgan omilni koʼrsatgan holda ariza yozadi va maʼlumotnoma (spravka) taqdim qiladi.







