Moskvada Buyuk Britaniya elchixonasiga kirishga uringan o‘zbekistonlik ushlandi
Buyuk Britaniyaning Moskvadagi elchixonasi hududiga kirishga uringan xorijlik fuqaro huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olindi, deb xabar beradi “Izvestiya”.


Ma’lumotlarga ko‘ra, erkak hujjatlarini panjara ortidan otib, yangi mamlakatga ko‘chib o‘tishi uchun yordam berishlarini so‘rab, baqirgan.
Qonunbuzar politsiya bo‘limiga olib borilgan. Aniqlanishicha, u O‘zbekiston fuqarosi. Hozirda mazkur holatning tafsilotlari o‘rganilmoqda.







