Oʼzbekistonga koronavirusga qarshi 3 million doza vaksina keltirildi
Xitoydan Oʼzbekiston olimlari bilan hammualliflikda tayyorlangan koronavirusga qarshi ZF-UZ-VAC 2001 vaktsinasidan yana 3 million doza olib kelindi. Bu haqda Sogʼliqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Bundan avval ZF-UZ-VAC2001 ning:
•27 martda — 1 million doza;
•27 aprelda — 1 million doza;
•18 mayda — 1 million doza;
•19 mayda — 500 ming doza;
•10 iyunda — 1 million doza;
•29 iyunda — 1 million doza;
•30 iyunda — 1 million doza;
•20 iyulda — 1 million doza;
•21 iyulda — 1 million doza;
•5 avgustda — 1 million doza;
•6 avgustda — 1 million doza partiyalari keltirilgan.
Shunday qilib, Oʼzbekistonga keltirilgan jami vaktsina 17 million 856 ming 540 dozani tashkil qilmoqda.
Ulardan:
•370 000 dozasi "Sputnik V",
•986 480 dozasi AstraZeneca,
•13 500 000 million dozasi ZF-UZ-VAC2001,
•3 000 060 dozasi Moderna vaktsinasidir.
Eslatib oʼtamiz, shu kunga qadar 12 million 750 ming 44 doza vaktsina emlash jarayonlarida foydalanildi.
Shuningdek, shu kungacha koronavirusga qarshi toʼliq emlangan fuqarolar 1 million 479 ming 304 nafarni tashkil qilmoqda.







